Ergasheva Nozima Mansurovna
Ergasheva Nozima Mansurovna 2008-yil 28-noyabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahrida yashaydi. U Nordic International Universitetida oliy ta’lim oladi hamda Filologiya fakultetining ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini sentabr oyidan boshlagan.
Nozima chet tili va milliy sertifikat sohibasi, tilchi hamda yosh volontyordir. Unga Ma’rifat Jamal ta’sir qilgan. Uni Muhammad Yusuf va uning she’rlariga bo‘lgan muhabbati ilhomlantiradi.
U bo‘sh vaqtida pazandachilik bilan shug‘ullanadi, kitob o‘qiydi va musiqa tinglaydi. Uning fikricha, lider uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat va hammaga o‘rnak bo‘la oladigan inson bo‘lishdir.
U kelajakda IELTSdan yuqori daraja olishni, o‘zi xohlagan o‘quv markazini ochib, o‘quvchilarga bilim ulashishni hamda qo‘shimcha til o‘rganishni rejalashtiradi. U kelajakda ko‘p tillarni o‘rgansa, boshqa insonlarga manfaatli bo‘lish uchun ko‘proq bilim ulashishi va ularni qo‘llab-quvvatlashini aytadi. U yangi narsalarni tez o‘rganishga qiziqadi va bilmagan narsasini so‘rashdan uyalmaydi. Shuningdek, odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘radi, turli fikrlarni tinglashga hamda xatolaridan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
“Ba’zan natija darhol ko‘rinmaydi. Ammo har bir mehnat, har bir sabr va har bir qiyinchilik kelajakdagi katta o‘zgarishlar uchun xizmat qiladi.”
