Ergasheva Odina Sherzod Qizi

Ergasheva Odina Sherzod Qizi
Ergasheva Odina Sherzod Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ergasheva Odina Sherzod qizi 2009-yil 3-aprelda Guliston shahrida tug‘ilgan. U hozirda Chilonzor tumani, Lutfiy mahallasi, 80-kvartirada yashaydi. Guliston shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan.

U filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili) yo‘nalishida tahsil oladi. Faoliyatini universitetga qabul qilingach, yangi bilim va tajribalar orttirishga intilishdan boshlagan. Hozirda talabalik hayotiga moslashib, turli tadbir va loyihalarda faol ishtirok etishga harakat qilmoqda.

Odina ingliz tili bo‘yicha B2 hamda ona tili bo‘yicha B darajadagi sertifikatlarga ega. U stol tennisi va suzishda tajribali. Bo‘sh vaqtida til o‘rganish, stol tennisi o‘ynash, raqsga tushish, qo‘shiq aytish va biror narsa yasash bilan shug‘ullanadi.

Uning hayotidagi eng katta motivatsiya — oilasi: ota-onasi, 2 ta opasi va ukasi. Ular uni har doim qo‘llab-quvvatlagan va “Qil, qo‘lingdan keladi, agar o‘xshamasa, tajriba bo‘ladi”, deb dalda berishadi. Uning hayotiy shiori: “Bo‘lsa yutuq, bo‘lmasa tajriba.” Liderlik uchun esa mas’uliyat, intizom va muomalani muhim deb biladi.

U kelajakda magistraturani Janubiy Koreyada o‘qishni, o‘z sohasini chuqur o‘rganishni va insonlarga foydali bo‘lgan kasbni egallashni maqsad qilgan. Boshqalarga koreys tilining boshlang‘ich bilimlarini, stol tennisi va suzishni o‘rgata olishini aytadi. Shuningdek, to‘xtab qolish to‘g‘ri qaror emasligi hamda siqilish hech qaysi muammoga yechim emasligini ta’kidlaydi.

Odina ko‘p narsalarni sinab ko‘rgan, ko‘plab to‘garaklarga qatnashgan. U lagerda 3 yil davomida volontyor hamda yetakchi bo‘lib faoliyat yuritgan va bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘radi.

“Har bir yangi kun menga o‘zimni rivojlantirish va orzularimga yaqinlashish uchun yangi imkoniyat beradi.”

Hoziroq ariza qoldirish