Ergasheva Shabbona
Ergasheva Shabbona Mardonqul qizi 2007-yil 21-iyunda tug‘ilgan. U Jizzax viloyati, Baxmal tumani, Muzbel qishlog‘ida yashaydi. Shabbona 31-maktabda tahsil olgan, hozirda esa Samarqand davlat universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 10-sinfni tamomlagan vaqtlarida boshlagan. Shabbona o‘zbek tili va adabiyotidan B darajali sertifikatga, ingliz tilidan esa B1 darajasiga ega. U 7-sinfda maktabida o‘tkazilgan Kitobxonlik tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Maktabdagi ona tili va adabiyot fani ustozisi Shabbonani kitob o‘qishga qiziqtirgan. Shundan buyon kitob o‘qish uning sevimli mashg‘uloti va hobbisiga aylangan. U ma’noli so‘zlar hamda hayotdan olgan saboqlarini yozishga qiziqadi, iqtibos yozishni yoqtiradi.
Uning hayotiy prinsipi: «O‘qish uchun yashab, yashash uchun o‘qiyapman». Ota-onasi uni har doim qo‘llab-quvvatlaydi va Shabbona ularning ishonchini oqlashi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, lider atrofdagilarni hurmat qilishi, ularni eshitishi, ilmli va go‘zal nutqqa ega bo‘lishi kerak.
Kelgusida Shabbona magistraturada o‘qib, universitetda dars berishni niyat qilgan. U jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishni xohlaydi. U boshqalar undan kitob o‘qish va ilmli bo‘lishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
