Erkinjonova Hurshidaxon Elyorjon Qizi

Erkinjonova Hurshidaxon Elyorjon Qizi
Erkinjonova Hurshidaxon Elyorjon Qizi
21 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Erkinjonova Hurshidaxon Elyorjon qizi 2007-yil 21-aprelda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Katta Turk MFYda yashaydi. Hurshidaxon O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2-bosqich talabasi bo‘lib, filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi.

U 2025-yil sentabr oyidan boshlab universitetda talaba sifatida tahsil olib, jamoat va ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, turli loyihalarda faol qatnashmoqda. U ona tili fanidan C+ natijaga ega hamda yengil atletika bo‘yicha 2-darajali diplom sohibi.

Hurshidaxonning hayotiga eng ko‘p ta’sir qilgan insonlardan biri — ota-onasidir. Ularning mehnatsevarligi, sabr-toqati va bergan tarbiyasi uning hayotiy qarashlari hamda kelajakdagi maqsadlari shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Universitetdagi o‘qituvchilari ham u uchun katta ta’sir ko‘rsatgan insonlardir. Uning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar juda ko‘p.

U bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar mutolaa qiladi hamda til kurslariga qatnashib, bilimlarini boyitadi. Shuningdek, u tikuvchilik, hamshiralik, pazandachilik va boshqa sohalarga qiziqib ko‘radi. U o‘zini juda ta’sirchan inson deb biladi: boshqalarga yuklatilgan vazifalarda kamchiliklar bo‘lsa ham, buni o‘z vazifalaridagi kamchilikdek his etadi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatli bo‘lish, o‘z fikrini boshqalarga yetkaza olish, mustaqil fikrga ega bo‘lish, atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ularning fikriga quloq solish muhim. U boshqalar undan mas’uliyatli va qat’iyatli bo‘lishni, maqsad sari intilishni hamda har qanday vaziyatda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Kelajakda Hurshidaxon o‘z sohasi bo‘yicha yetuk va malakali mutaxassis bo‘lishni, bilim hamda tajribasini doimiy oshirib borishni istaydi. U yaqin 5 yil ichida Turkiyada tahsil olib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim va tajriba orttirishni maqsad qilgan. Uning uzoq muddatli maqsadi o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirish, uni dunyo miqyosida targ‘ib qilish va o‘z sohasida munosib o‘rin egallashdir.

“Hayotdagi shiorim — har bir kichik qadam katta yutuqlarga olib boradi. Muhimi, maqsad sari intilishdan va harakat qilishdan to‘xtamaslik.”

Hoziroq ariza qoldirish