Erkinova Dilnura Akramjonovna

Erkinova Dilnura Akramjonovna
Erkinova Dilnura Akramjonovna
14 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Erkinova Dilnura Akramjonovna 14.04.2008-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Jayraxona qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi. U avval maktabda, so‘ng akademik litseyda tahsil olgan va hozirda universitetda filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishida o‘qiydi.

Dilnura 15 yoshidan o‘qishni ingliz tilini o‘rganishdan boshlagan. U ingliz tili, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan sertifikatlarga ega. She’rxonlik loyihalarida qatnashgan, husnixat sohibasi hisoblanadi. Shu yoshgacha juda ko‘p she’rlarni yod olgan hamda ko‘rik-tanlovlarda qatnashib, munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Uning hayotiga Shohida Bobosherova ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Dilnuraning hayotiy shiori: “Orzu qil. Harakat qil. Iz qoldir.” U bo‘sh vaqtida kitob o‘qishni va turli kreativ g‘oyalar haqida o‘ylashni yoqtiradi.

Uning fikricha, liderning eng buyuk fazilati — mas’uliyat. Chunki haqiqiy lider muvaffaqiyatni o‘ziga, xatoni esa boshqalarga yuklamaydi. Dilnura o‘z kasbining yaxshi egasi bo‘lishni va ota-onasi xohlagan inson bo‘lishni maqsad qilgan. U boshqalar o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaslikni o‘rganishi kerak, deb hisoblaydi hamda bilmagan narsasini so‘rashdan, izlanishdan va yana bir bor urinib ko‘rishdan qo‘rqmaydi. Uning fikricha, insonni kuchli qiladigan narsa hamma javoblarni bilishi emas, balki javoblarni izlashdan to‘xtamasligidir.

“O‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring.”

Hoziroq ariza qoldirish