Erkinova Mahfuza Baxtiyor Qizi
Erkinova Mahfuza Baxtiyor qizi 19.04.2009-yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashaydi.
U “Millat umidida” ingliz tilini o‘qitish yo‘nalishining 1-kursida, ELT sohasida tahsil oladi. U tug‘ilganidan beri ingliz tilini o‘rganib kelayotganini aytadi va pianinoni mukammal chala oladi.
Mahfuza 3 karra viloyat olimpiadasi g‘olibasi hamda Respublika olimpiadasi qatnashchisi. U IELTS 6 va CEFR B2 darajalariga ega, maktabni kumush medal bilan bitirgan. Shuningdek, matematika va ona tilidan ham yutuqlari borligini bildirgan.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. U odamlarning fikriga emas, o‘z prinsiplariga qarab yashaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. U boshqalarga o‘ziga ishonishni, qiyin vaziyatlarda ham taslim bo‘lmaslikni va gapdan ko‘ra harakat kuchliroq ekanini ko‘rsatishni istaydi. Shuningdek, boshqalarga ergashishdan ko‘ra, o‘z yo‘lini topishni ko‘rsatishni xohlaydi.
Kelajakda IELTS darajasini oshirish, grant yutib olish, exchange dasturlari orqali Singapur yoki Germaniyada o‘qish hamda logistika sohasiga ishga kirishni rejalashtiradi.
Yoshlikdagi vaqtingni qadrlagin, chunki vaqt qaytib kelmaydi.
O‘zingga ishon, xatolardan qo‘rqma va har kuni rivojlanishga intil.
