Erkinova Rayxon Elbek qizi
Erkinova Rayxon Elbek qizi 29.04.2008-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Kavsar qishlog‘ida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashaydi. U 2-son politexnikumida tahsil olgan, hozirda SamDUda filologiya yo‘nalishida o‘qiydi.
Rayxon 2024-yildan beri ona tili va turk tili yo‘nalishida faoliyat yuritadi. U ona tili bo‘yicha B+ sertifikatiga, turk tili bo‘yicha B2 sertifikatiga hamda texnikum diplomiga ega. Shuningdek, u o‘quv markazida turk tilidan ustozlik qilgan.
Uning hayotiy shiori: «Orzu qil, maqsad qil va erish». Bo‘sh vaqtida badiiy adabiyotlar o‘qiydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar mas’uliyat va intiluvchanlikdir. U yoshlarga ilm berishni yuksak sharaf deb biladi hamda qiyinchilik kelganda to‘xtamasdan, yanada oldinga intilishni muhim deb hisoblaydi.
«Orzu qiling, maqsad sari intiling va hech qachon taslim bo‘lmang! Bugungi mehnatingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoridir.
Yoshlar — kelajak bunyodkorlari! Kelajak bizning qo‘limizda ❤️»
