Erkinova Sarvara
Sarvara Erkinova Artikboy qizi 2005-yil 22-mayda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug‘ilgan. Hozirda Xorazm viloyati, Shovot tumanida yashaydi. U Qoraqalpoq davlat universitetining 4-kurs talabasi bo‘lib, amaliy filologiya yo‘nalishida tahsil oladi.
Sarvara 2022-yildan boshlab ona tili va adabiyotni chuqur o‘rgana boshlagan. Ustozining ta’siri orqali ushbu yo‘nalishga qiziqib qolgan. U maqola yozib, “Yuksak ilm fidoysi” ko‘krak nishonini olgan.
Bo‘sh vaqtida asosan kitob o‘qiydi hamda o‘qiganlarini Telegramdagi kanalida yoritib boradi. Shuningdek, kichik hikoyalar yozib turadi, biroq buni hali hech kimga aytmagan. Kelajakda bolalar uchun ertak kitobi yozishni ham niyat qilgan.
U psixolingvistika yo‘nalishi bo‘yicha ko‘proq izlanishlar olib borishni, magistraturani chetda davom ettirishni va mahallasida katta kutubxona ochishni rejalashtiradi. Uning hayotiy shiori: “Yo‘l yurganga ko‘rinadi.” Liderlik uchun u o‘z yo‘lida davomiy harakatda bo‘lish va natija uchun qayg‘u chekmaslikni muhim deb biladi.
Boshqalarga murojaati: “Yiqilgan joyingizda o‘zingiz uchun qo‘l uzatishni va qayta surinmaslik uchun bardavom harakatda bo‘lishni tanlang.”
