Erkinova Sevinch Jamshidovna

Erkinova Sevinch Jamshidovna
Erkinova Sevinch Jamshidovna
26 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Erkinova Sevinch Jamshidovna 18.12.2004-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Olmazor tumanida yashaydi. Sevinch O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi bakalavriatini 2026-yilda tamomlagan. Hozirda Westminster xalqaro universitetida TESOL magistraturasi talabasi bo‘lib, dars beradi.

U faoliyatini 2020-yildan boshlagan. Ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi tufayli chet davlatlarga grantlar olib borishni boshlagan. Sevinch xalqaro o‘qituvchi va xalqaro volontyor sifatida o‘zini ta’riflaydi. Xalqaro volontyorlik faoliyati tufayli 10 dan ko‘p davlatda bo‘lgan. U xalqaro spiker, 100 dan ortiq xalqaro va mahalliy grantlar hamda musobaqalar g‘olibi, xalqaro maqolalar muallifi. Nutrisiolog sifatida 200 dan ortiq qizga vazn tashlash va sog‘lom hayot tarziga qaytishda yordam bergan. Shuningdek, Hindistonda “Well-being and Human Health Ambassador” sifatida faoliyat yuritgan.

Uning ota-onasi eng katta motivatsiyasidir. Sevinchning hayotiy prinsipi: “Mukammal bo‘lish emas, kechagidan yaxshiroq bo‘lish”. U hayotni doimiy o‘sish, tajriba va o‘z ustida ishlash jarayoni deb biladi. U doimo o‘rganishni, yangi tajribalarni sinab ko‘rishni va o‘z rivoji orqali boshqa insonlarga foyda keltirishni qadrlaydi. Uning fikricha, haqiqiy lider o‘zi namuna bo‘lib, boshqalarni o‘sishga ilhomlantira oladi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi, boshqalarning fikrini tinglaydi hamda qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qiladi. Bunday lider lavozimga emas, ishonch va hurmatga tayanadi.

Bo‘sh vaqtida u sport bilan shug‘ullanishni, piyoda yurish yoki yugurishni, kitob o‘qishni va yangi joylarni kashf qilishni yaxshi ko‘radi. Sog‘lom ovqatlanish va turmush tarzi mavzulariga qiziqib, bu yo‘nalishda yangi ma’lumotlarni o‘rganadi. Ba’zan yaxshi qahva bilan tinchgina dam olishni yoqtiradi.

Kelajakda Sevinch ta’lim sohasidagi faoliyatini rivojlantirib, kuchli mutaxassis va universitet o‘qituvchisi bo‘lishni maqsad qilgan. U magistraturada olgan bilimlarini amaliyot bilan birlashtirib, keyinchalik doktoranturada tahsil olish va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanishni istaydi. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlarida faol qatnashib, turli mamlakatlarda tajriba orttirishni rejalashtirgan. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzi, ta’lim va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlaridagi tajribasini boshqalar bilan bo‘lishish hamda yoshlar uchun foydali loyihalar yaratishni maqsad qilgan. U doimo o‘rganadigan, rivojlanadigan va atrofidagi insonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan inson bo‘lib qolishni eng katta maqsad deb biladi.

U boshqalar undan intizom, mas’uliyat va har qanday vaziyatda o‘rganishdan to‘xtamaslikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi. Sevinch har bir imkoniyatdan tajriba olishga va o‘zini rivojlantirishga harakat qiladi. U inson katta maqsadlarga erishish uchun mukammal sharoitni kutib o‘tirmasligi, kichik qadamlar bilan bo‘lsa ham harakatni boshlashi kerak, deb hisoblaydi. Uning uchun muvaffaqiyat faqat natija emas, balki yo‘l davomida boshqalarga bera olgan foyda bilan ham o‘lchanadi.

O‘zingizga ishoning va katta orzular sari kichik bo‘lsa ham, har kuni dadil qadam tashlang. Mukammal vaqt yoki sharoitni kutmang, chunki eng yaxshi imkoniyat ko‘pincha aynan harakatni boshlaganingizdan keyin paydo bo‘ladi.

Hoziroq ariza qoldirish