Erkinova Sevinch Sunnatullayevna

Erkinova Sevinch Sunnatullayevna
Erkinova Sevinch Sunnatullayevna
10 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Sevinch Erkinova Sunnatullayevna 22.01.2006-yilda Toshkent viloyati Angren shahrida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-bosqich talabasi.

Sevinch Erasmus+ dasturi g‘olibasi sifatida Italiyaning Varese shahridagi Università degli Studi dell’Insubria universitetida 1 semestr tahsil olgan. Shuningdek, u mazkur universitetda 6 oy davomida o‘qigan. Italiyaga grant yutgani va Yevropaga sayohati uning hayotiga ta’sir qilgan voqealardandir.

U hozirda O‘zbekiston bo‘yicha gid bo‘lib ishlaydi va faoliyatini 2025-yilda boshlagan. Italyan tilidan 2 yildan beri dars beradi hamda “Hadiya travel” tur firmasida faoliyat yuritadi. 2025-yilda o‘tkazilgan Alta Moda Italiana a Tashkent moda namoyishida tarjimon sifatida ishtirok etgan.

Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va yugurish bilan shug‘ullanadi. Telegram’da blog yuritib, barcha qiziqarli voqealarni blogida bo‘lishib boradi: @sevincherkinovaa.

Uning fikricha, liderlik uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish, moslashuvchan bo‘lish, hamma narsaga pozitiv qarash, energiyaga boy bo‘lish, har doim yordam berishga intilish va o‘zidagi bilimlarni boshqalar bilan bo‘lishish muhimdir. U boshqalarga italyan tili va gidlik qilishni o‘rgatishi mumkin.

Sevinchning kelajakdagi rejalari — professional gid bo‘lish, Italiyada magistraturada o‘qish, dunyoni ko‘rish va sayohat qilish. Uning hayotiy shiori: “Succede solo a chi ci crede”. Yoshlar uchun motivatsion fikri: “O‘zligini bilgan va dunyoni anglagan yoshlar kelajakni o‘zgartirishga qodirdir.”

Hoziroq ariza qoldirish