Eshniyozova Baxora Nurmonovna
Eshniyozova Baxora Nurmon qizi 2006-yil 12-martda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Yunusobod tumanining 4-kvartalida yashaydi. U Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 6-maktabni tamomlagan va hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetida, ijtimoiy ish yo‘nalishida tahsil oladi.
Baxora ona tili fanidan milliy sertifikatga ega. Bo‘sh vaqtida she’rlar va badiiy kitoblar o‘qiydi, shuningdek, hozirda ovozi ustida ishlamoqda. Aktyorlikka ham qiziqadi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun jamoada hamma bilan chiqisha olish, boshqalarning fikrini inobatga olish, chaqqonlik va zukkolik muhim ahamiyatga ega. U boshqalar o‘zlarida mavjud bo‘lmagan xislatlarni unda topsalar, ulardan o‘rganishlari, shuningdek, liderlikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishni, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘z sohasi bilan chambarchas bog‘liq yo‘nalishda tahsil olishni rejalashtiradi. Hayotida unga ijobiy tomondan ta’sir qilgan inson bor. Kelgusi rejalari ko‘p.
