Eshqoʻziyeva Nozima Allaqul qizi
Eshqoʻziyeva Nozima Allaqul qizi 2008-yil 22-aprelda Jizzax viloyati Zomin tumanida tugʻilgan va shu tumanda yashaydi. U JDPU Filologiya fakultetining Xitoy tili yoʻnalishida 1-kurs talabasi bo‘lib, ayni damda xitoy tilini o‘rganmoqda hamda yangi maqsadlar sari qadam qo‘yish arafasida.
U yoshligidan chet tillariga qiziqib, maktab toʻgaraklariga muntazam qatnashgan. 2024-yilda 9-sinfni bitirgach, ingliz tilini jiddiy o‘rganib, CEFR (B2) sertifikatini qo‘lga kiritgan. U olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallagan, ingliz tili bo‘yicha CEFR (B2) hamda ona tili bo‘yicha milliy sertifikat sohibasi.
Nozima ota-onasi va Zomin IMI ustozlariga cheksiz minnatdorligini bildiradi. Uning shunday darajaga yetishida ularning o‘rni beqiyos. U kitob o‘qishni, har bir elementar narsani chuqur o‘rganib chiqishni, ular haqida kolleksiya yig‘ishni va tabiatning har bir lahzasidan bahramand bo‘lishni xush ko‘radi. Shuningdek, barcha sohalarga qiziqadi, muhitga tez moslashadi; psixologiya, falsafa va geografiyaga qiziqadi. U jamiki narsalarni ko‘rishni, tajribalar o‘tkazishni hamda dunyo kezishni xohlaydi va bu maqsadlarga albatta erishishiga ishonadi.
Uning hayotiy shiori: “Hech qachon harakatdan toʻxtama. Kim boʻlsang ham eng zoʻri boʻl, koʻrsatgan natijang yetarlicha asos boʻladi.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun tug‘ilish shart emas — lider bo‘lib shakllaniladi. Liderlik lavozim emas, balki odamlarga ta’sir qila olish qobiliyatidir. U boshqalarga odamlarning gapiga e’tibor qilmasdan o‘z maqsadlari tomon dadil qadamlar bilan intilishni, hayotning o‘nqir-cho‘nqir sinovlarini yengib o‘tishni hamda yutuqlarini kamtarlik bilan baham ko‘rishni o‘rgatishi mumkin deb hisoblaydi.
Kelajakda u o‘quv markazlar ochishni, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng lider kadrlarni tayyorlashni, Xitoy tilida O‘zbek davlatining qadriyatlarini chop etishni hamda Xitoy davlati bilan aynan ta’lim to‘g‘risida katta-katta shartnomalar imzolashni rejalashtiradi.
