Fayziyeva Mohichehra Shomil Qizi
Fayziyeva Mohichehra Shomil qizi 11.09.2007-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-kurs talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini 2023-yildan turli tadbirlar va loyihalarda faol ishtirok etishdan boshlagan. Keyinchalik liderlik va jamoat ishlarida ham faol qatnasha boshlagan. U ona tili sertifikati, ingliz tili sertifikati, voleybol va futbol bo‘yicha medallarga ega.
Mohichehra Fayziyevaning hayotiga otasi, onasi va ustozlari katta ta’sir ko‘rsatgan. Ularning tarbiyasi, maslahatlari va qo‘llab-quvvatlashi unga hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlash, mas’uliyatli bo‘lish hamda doimo o‘z ustida ishlashga yordam bergan.
U bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qish, sayr qilish va do‘stlari bilan vaqt o‘tkazishni yoqtiradi. Shuningdek, yangi narsalarga qiziqish bildiradi va turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga vaqt ajratadi. U yangi bilim va tajribalarni o‘rganishga qiziqadi, odamlar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishni, boshqalarning fikrini tinglashni hamda ulardan foydali jihatlarni o‘rganishni qadrlaydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyatlilik, o‘ziga ishonch, jamoani birlashtira olish, fikrini erkin namoyon etish va boshqalarning fikrini tinglay bilish muhim. U o‘z sohasi bo‘yicha eng yaxshi kadr bo‘lib yetishishni, shuningdek, boshqa sohalarda ham o‘zini sinab ko‘rishni maqsad qilgan.
Uning hayotiy prinsiplari: “Qiyinchiliklar yo‘lning to‘sig‘i emas, balki insonni chiniqtiradigan saboqdir.” “Men uchun muvaffaqiyat — belgilangan manzilga yetish emas, balki shu yo‘lda munosib inson bo‘lib qolishdir.”
“Yoshlik — imkoniyatlar davri, uni bekor o‘tkazish esa eng katta yo‘qotishdir.”
