Fayzullayev Asliddin

Fayzullayev Asliddin Usan o‘g‘li
Fayzullayev Asliddin Usan o‘g‘li
2 oktabr, 20262 daqiqalik o'qish

Fayzullayev Asliddin Usan o‘g‘li 2007-yil 10-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Arabbandi MFY, Yuqori Arabbandi qishlog‘i, 24-uyda tug‘ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy MFY, Qorasaroy 2-tor ko‘chasi, 13-uyda yashaydi.

U 2025-yilda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi 83-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. 2025/2026-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘lgan hamda universitetga BMBA testi orqali kirgan. Hozirda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakultetida tahsil oladi.

Asliddin huquqshunoslik fanidan tuman bosqichida 1-o‘rinni egallagan. U ingliz tili Multilevel imtihonidan 63 (B2) darajadagi milliy sertifikat, O‘zbekiston tarixi fanidan C+ darajadagi milliy sertifikat hamda o‘zbek ona tili va adabiyoti fanidan C+ sertifikat sohibidir. U Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga, Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga va Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan. Shuningdek, u "ZO‘R TV"dagi "Kim millioner bo‘lmoqchi" ko‘rsatuviga tomoshabin sifatida tashrif buyurgan.

Uning hayotida ota-onasi, akasi, opasi, singlisi, oilasi va o‘qituvchilari muhim o‘rin tutadi. U shu darajaga yetib kelishida ularning hissasi juda katta ekanini ta’kidlaydi. Uning hayotiy shiori: "One life - one chance. Take the risk!"

Bo‘sh vaqtida typing bilan shug‘ullanadi, ingliz tilini yanada rivojlantiradi va qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjatlarni o‘qiydi. Uning fikricha: "Agar hamma qilgan ishni qilsang, hammaga o‘xshab yuraverasan, agar ular qilmagan ishni qilsang, ulardan ustun bo‘la olasan!" U lider bo‘lish uchun qat’iyat va intizomni eng muhim fazilatlar deb biladi hamda boshqalar undan o‘z maqsadiga erishishda qat’iyatni o‘rganishlari mumkinligini aytadi.

Asliddinning bosh maqsadi o‘z sohasida bilimli, kuchli va halol mutaxassis bo‘lib, oilasi hamda jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lishdir. U universitetni yuqori baholar bilan tamomlash, shu davr mobaynida kerakli tajriba va ko‘nikmalar orttirish, kasbiy va shaxsiy rivojlanishga bor e’tiborini qaratishni rejalashtirgan.

U san’at va sport sohalariga ham qiziqadi. U mazkur rasmlarning muallifi ekanini bildirgan, rassomchilik va baxchichilik qila olishini aytgan. Sportda yengil atletika yo‘nalishida yugurish, turnik tortinish va akrobatik harakatlarni bajara oladi.

Uning boshqa yoshlar uchun motivatsion fikrlari: "Yodda tuting, qanotlaringiz kuchdan qolib, umidingiz so‘nganida, manzilga yetay degan bo‘lasiz!" hamda "Yodda tuting, rejangiz uchun sizning qanchalik charchaganingiz qiziq emas!"

Hoziroq ariza qoldirish