Fayzullayeva Sarvinoz Obid qizi

Fayzullayeva Sarvinoz Obid qizi
Fayzullayeva Sarvinoz Obid qizi
14 avgust, 20261 daqiqalik o'qish

Fayzullayeva Sarvinoz Obid qizi 2007-yil 2-oktabrda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida tug‘ilgan va hozirda shu tumanda yashaydi. U Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetining bakalavr bosqichida ingliz tili o‘qituvchiligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqda. U ingliz tilini o‘rganishni 5-sinfdan boshlagan.

Sarvinoz ingliz tilidan B2 sertifikatiga va ona tilidan milliy sertifikatga ega. U universitet fakultetida «Besh tashabbus» loyihasi koordinatori bo‘lib faoliyat yuritadi. Shuningdek, u bir qancha tanlovlar g‘olibi bo‘lgan hamda turli xil loyihalarda volontyorlik qiladi.

Uning eng sevimli mashg‘uloti — kitob o‘qish. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — o‘ziga bo‘lgan ishonch. U boshqalarga taslim bo‘lmaslik va aslo harakatdan to‘xtamaslikni o‘rgata oladi. Uning hayotiy prinsipi: «O‘tmish bilan yashama, kelajagingni qanday qurish o‘z qo‘lingda».

U o‘tgan yili universitetga kontrakt asosida talaba bo‘lgan, shu yil esa 50 foizli grantga ko‘tarilgan. U, inshaalloh, keyingi yil 100 foizli grantga ko‘tarilishga harakat qiladi. Uning kelajakdagi maqsadlari jamiyatda o‘z o‘rnini topish, unga foyda keltirish hamda ota-onasining undan faxrlanishidir. Yoshlar uchun uning maslahati: «Siz avvalo o‘zingizga ishonsangizgina, hammasini uddalay olasiz».

Hoziroq ariza qoldirish