Fazilat Baratova Kamoljon Qizi
Fazilat Baratova Kamoljon qizi 2008-yil 26-iyulda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashaydi. U Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 12-umumta’lim maktabida tahsil olgan hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi hisoblanadi. U kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lish uchun ingliz tili filologiyasida tahsil olmoqda.
Fazilat «Zukko kitobxon» tanlovi g‘olibi, «Eng faol kitobxon o‘quvchi» tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u «Fayzli kun» dam olish dasturi mehmoni va «Yosh kitobxon» tanlovining viloyat bosqichi qatnashchisi bo‘lgan. U muddatdan oldin talaba bo‘lgan, Rossiyaning 5 ta davlat universitetiga 100 foizlik grant sohibasi hamda SefrB2 darajasiga ega.
Uning hayotida ota-onasining ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan. Fazilat bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi va sport bilan shug‘ullanadi. U har doim o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydi; maqsad sari qat’iyat bilan harakat qilish va muammolarga kreativ yechimlar topish uning xarakterli xususiyatlaridir. Uning fikricha, haqiqiy lider uchun eng muhim fazilat yuksak mas’uliyat hissi va jamoani umumiy maqsad sari birlashtira olish qobiliyatidir.
U kelajakda yetuk kadr bo‘lishni, ota-onasining ishonchini oqlashni va turli davlatlarga sayohat qilishni maqsad qilgan. Uning hayotiy shiori: «Agar maqsad qildingmi, ortga qarama va imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini isbotla!»
