Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o‘g‘li

Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o‘g‘li
Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o‘g‘li
9 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o‘g‘li 1999-yil 19-yanvarda Namangan viloyati, Namangan tumani, Ko‘l bo‘yi MFY, Ijodkorlar ko‘chasi, 40-uyda tug‘ilgan. Hozirda shu manzilda yashaydi.

U oliy ma’lumotli. 2006–2015-yillarda Namangan tumani 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 2015–2018-yillarda Chortoq tibbiyot kollejida tahsil olgan. 2020–2026-yillarda Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabasi bo‘lgan. Hozirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti magistranti.

U tibbiyot sohasiga 2015-yilda kirib kelgan. Faoliyati Chortoq tibbiyot kollejidagi talabalik davridan boshlangan. Hozirda Namangan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Bog‘ishamol oilaviy shifokorlik punktida oila shifokori sifatida faoliyat yuritadi. U shifokor, ilmiy tadqiqotchi va faol jamoatchi sifatida tanilgan.

Ilmiy faoliyati davomida AQSh, Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Indoneziya va O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etgan. 2022-yilda Indoneziya Respublikasida o‘tkazilgan “Best Scientific Research-2022” xalqaro konferensiyasida ishtirok etib, diplom bilan taqdirlangan. Ilmiy va akademik faoliyati davomida 50 dan ortiq diplom va sertifikatlarga ega bo‘lgan.

2025-yilda “Behbudiy izdoshi”, “Yosh jadid”, universitet miqyosidagi Rektor stipendiyasi hamda “Meros Farm” stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ilmiy faoliyati uchun turli tashkilotlar tomonidan bir necha marotaba rag‘batlantirilgan. “MDHning eng yaxshi talabasi-2022” va “MDHning eng yaxshi yosh olimi-2022” xalqaro ko‘rik-tanlovlarida 1-o‘rin sohibi bo‘lgan. Shuningdek, “Eng yaxshi innovator-2022”, “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun”, “Ilm-fan iftixori”, “Yangi O‘zbekiston ilm-fan targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi izlanuvchi” kabi ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 2026-yilda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan.

U 9 ta kitob muallifi: “Ilm-fan fidoyilari”, “Ilm-fan iftixorlari”, “E’tirof-2023. Yangicha dunyoqarash”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Xalq qalbida qolgan Prezident (I.A. Karimov)”, “Yo‘l yo‘lakay”, “Umr sahifalari”, “Umr karvoni”, “Inson umridan lavhalar”. Jamoatchilik va xalqaro faoliyat yo‘nalishida “Oltin qanot”, “Universe” volontyori, Hindiston xalqaro tashkilotlarining bolalar huquqlarini himoya qilish hamda global tinchlik bo‘yicha O‘zbekiston elchisi, Argentina Fan va adabiyot yozuvchilar uyushmasi hamda O‘zLiDeP a’zosi hisoblanadi.

Uning hayotiga ota-onasi va ustozlarining mehnatsevarligi, sabr-toqati va ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan. Tibbiyot sohasini tanlashi va insonlar salomatligiga xizmat qilishni maqsad qilishi hayotidagi muhim burilishlardan biri bo‘lgan. Bo‘sh vaqtlarida ilmiy maqolalar yozadi, yangi tibbiy bilimlarni o‘rganadi, kitob mutolaa qiladi, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi va yangi g‘oyalar ustida ishlaydi.

Uning kelajakdagi asosiy maqsadi tibbiyot sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish, ilmiy faoliyatini rivojlantirish va insonlar salomatligiga munosib hissa qo‘shishdir. Kelgusida gastroenterologiya va gepatologiya yo‘nalishida chuqur bilim hamda tajriba orttirib, zamonaviy tibbiyotga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishni, yosh shifokorlar va talabalar uchun foydali ilmiy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirishni istaydi. Eng katta orzularidan biri ilm va kasbi orqali Vataniga xizmat qiladigan malakali shifokor bo‘lishdir.

Uning hayotiy prinsipi har qanday vaziyatda ham o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmaslik, doimo izlanish va kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilishdir. U uchun eng katta motivatsiya qilayotgan ishi orqali insonlarga foyda keltirish va ortidan yaxshi iz qoldirishdir. Shiori: “Ilm — eng buyuk boylik, uni baham ko‘rish esa — eng oliy ezgulikdir. Ilm bilan yuksalish, shifokorlik bilan insonlarga xizmat qilish — hayotiy maqsadim. Har bir yutuq — Vatan ravnaqi uchun.”

Hoziroq ariza qoldirish