Gʻulomov Ogʻabek Ismatovich

Gʻulomov Ogʻabek Ismatovich
Gʻulomov Ogʻabek Ismatovich
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Gʻulomov Ogʻabek Ismatovich 26.06.2001-yilda tugʻilgan. U Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashaydi. Bakalavr darajasida Buxoro davlat universitetining “Iqtisodiyot soha va tarmoqlari” yoʻnalishida tahsil olgan.

U faoliyatini 2020-yildan boshlagan. U 19 yoshida katta shaharga borib, dunyoni koʻrgach, bu soha barcha yoshlarning qoʻlidan kelishiga ishongan va shu yoʻnalishga kirgan. U 4 yil davomida Yevropaning 20 dan ortiq davlatida sayohat qilgan, oʻqigan va amaliyot oʻtagan. Hozirda migratsiya sohasida faoliyat yuritib, oʻqishga hamda oʻqishni tamomlaganlarni oʻz sohalari boʻyicha Yevropaga ishga joylashtirish bilan shugʻullanadi.

2023-yilda u Germaniyaning Konstanz shahrida boʻlib oʻtgan “Economic Sustainability from the Perspective of Youth” tanlovida 1-oʻrinni olgan. U 4 yil davomida Germaniyada yashagan, turli shahar va mamlakatlarda boʻlib, koʻplab yangi insonlar bilan tanishgan. Fransiya, Italiya, Ispaniya va Shveytsariyaga sayohat qilgan, shuningdek, Turkiyada boʻlgan. Saudiya Arabistonida Makka va Madinaga borib, unutilmas taassurotlar olgan. Bu tajribalar unga turli millat va madaniyat vakillari bilan muloqot qilishni, mustaqil boʻlishni va dunyoga kengroq qarashni oʻrgatgan.

Boʻsh vaqtida u iqtisodiy bilimlarni oʻrganadi va iqtisodiy koʻnikmalar bilan shugʻullanadi. U, asosan, Germaniya hayotiga qiziqadi. Uning fikricha, lider hammadan baland turadigan odam emas, balki qiyin paytda hammadan oldin masʼuliyatni oʻz zimmasiga oladigan odamdir.

U 5 yildan keyin oilasi uchun mustahkam hayot qurgan, oʻz kasbida rivojlangan, moliyaviy jihatdan mustaqil va oʻz yoʻlini oʻzi tanlaydigan inson boʻlishni xohlaydi. U hali maqsadiga yetmagan, biroq unga qarab bormoqda. U ota-onasiga unga barcha imkoniyatlarni yaratib bergani, 19 yoshida katta shaharga yuborgani va doimo qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdor.

Hoziroq ariza qoldirish