G'aniyeva Moxichehra
G‘aniyeva Moxichehra Muhammad qizi 20.04.2008-yilda tug‘ilgan. U pedagogika sohasida tahsil oladi. Bo‘sh vaqtlarida kitob o‘qiydi, yangi til o‘rganadi, chet mamlakatlar madaniyatini o‘rganadi va o‘z sohasiga oid yangi ma’lumotlarni izlaydi.
Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — jamoa a’zolarining ehtiyojlari, hissiyotlari va fikrlarini tushunish, ularni tinglay olish hamda har bir xodimga o‘z salohiyatini ochishga yordam berishdir. Shuningdek, qiyin va noaniq vaziyatlarda tezkor, asosli hamda dadil qarorlar qabul qila olish va ularning natijasi uchun javob bera bilish muhimdir.
U pedagogika sohasida magistrlik va undan keyingi ilmiy bosqichlarni (PhD) muvaffaqiyatli tamomlab, sohaning nazariy va amaliy rivojiga hissa qo‘shishni rejalashtiradi. Ota-onasining duosini olish va uning yutuqlaridan faxrlanishlari uning eng katta orzularidan biridir.
