G'aybullayeva Rayxona Xasan Qizi
Gʻaybullayeva Rayxona Xasan qizi 2007-yil 4-mayda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Hozirda Qashqadaryo viloyatida yashaydi. U ChDPUda boshlangʻich taʼlim yoʻnalishida tahsil oladi va 2025-yilda 2-kurs talabasi bo‘lgan.
Rayxona ona tili va matematika fanlaridan sertifikat sohibasi, shuningdek, mental arifmetika bo‘yicha sertifikatga ega. U 10 dan ortiq maqola muallifi, kitobxonlik tanlovida faxrli o‘rinlarni egallagan hamda volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Boʻsh vaqtida kitob oʻqiydi va ingliz tilini oʻrganadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — masʼuliyat. U har bir ishga, bilim olishga va natijaga chuqur hamda mukammal yondashadi; zukkolik va intizomni nafis sabr hamda ijodkorlik bilan uyg‘unlashtira oladi.
Kelajakda uzluksiz bilim olish, intizomli bo‘lish va xorijiy tillarni puxta egallashni rejalashtiradi. Shuningdek, o‘z sohasining top-mutaxassisi bo‘lib, sifatli natija ko‘rsatishni, masʼuliyatni zimmasiga olib atrofdagilarga namuna va yo‘lboshchi bo‘lishni maqsad qiladi. U bilim va tajribasi bilan boshqalarga chiroq tutib, ezgu iz qoldirish orqali jamiyatga naf tegizishni istaydi.
Uning hayotiy shiori: «Jimjitlikda kuch yigʻib, natijam bilan soʻzlayman: men oʻz taqdirimning eng nafis meʼmoriman».
«Dunyoni oʻzgartirishni istasangiz, avvalo oʻzingiz bilim, masʼuliyat va ezgulik manbayiga aylaning».
