G'ofiriddinova Gulsanam Asqarjonovna

G'ofiriddinova Gulsanam Asqarjonovna
G'ofiriddinova Gulsanam Asqarjonovna
21 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

G'ofiriddinova Gulsanam Asqarjonovna 29.01.2009-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashaydi. Gulsanam O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 1-kurs talabasi. U faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 2023-yilda boshlagan. U sertifikatlar va faxriy yorliqlarga ega.

Uning hayotiga ota-onasi, ustozlari va komil insonlar ta’sir ko‘rsatgan. Hayotiy shiori: «Harakat + niyat + duo = natija». Bo‘sh vaqtida Gulsanam asosan badiiy asarlar o‘qiydi, yangicha narsalarni kashf etishga intiladi va yangi g‘oyalar yaratishga qiziqadi.

Uning fikricha, liderlikdagi eng muhim fazilat mas’uliyatdir. Lider unga biriktirilgan xodimni to‘g‘ri tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi, qarorlarining natijasi uchun javob berishi, jamoasiga tayanch bo‘lishi va qiyin vaziyatlarda namuna ko‘rsata olishi kerak. U yaxshi lider halol, tinglay oladigan va adolatli bo‘lishi lozim, deb hisoblaydi. Uning talqinida lider boshqalardan ko‘proq huquq talab qiladigan emas, balki ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan insondir.

Gulsanamning asosiy maqsadlari yaxshi ta’lim olish, o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lish va jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishishdan iborat. U bilimlarini rivojlantirish, chet tillarini o‘rganish va yangi tajribalar orttirishga e’tibor qaratmoqda. Kelajakda o‘z kasbini sevib ishlash, ota-onasining ishonchini oqlash, ularni faxrlantirish, imkoniyati bo‘lsa chet elda tahsil olib, orttirgan bilim va tajribalarini yurti rivoji uchun qo‘llashni orzu qiladi. Shuningdek, jamiyatga va ummatga naf keltiradigan inson hamda ustoz bo‘lishni maqsad qilgan.

U maqsad sari intilish, taslim bo‘lmaslik, har qanday vaziyatda harakat qilish va o‘z ustida ishlashni muhim deb biladi. U oilasi va yaqinlarining fikrini qadrlaydi, ota-onasini hurmat qiladi hamda ularning tarbiyasini hayotida qo‘llashga intiladi. Gulsanam yangi narsalarni o‘rganishga qiziqadi, xatolaridan xulosa chiqarishga va qiyinchiliklarga qaramay maqsadi sari intilishga harakat qiladi. U insonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, kattalarni qadrlash va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni ham muhim deb hisoblaydi.

U qiziqqan mavzusini chuqurroq o‘rganishga harakat qiladi, yangi insonlar bilan suhbatlashishni va yangi tajribalar orttirishni yaxshi ko‘radi. Ba’zan ko‘p o‘ylab yuborishi qarorlarini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga yordam beradi. U o‘z kelajagi haqida jiddiy o‘ylaydi, oddiy narsalardan ham zavq topa oladi va o‘ziga yoqadigan, mazmunli hayot qurishni xohlaydi.

Hoziroq ariza qoldirish