Gulidabonu Xolbozorova

Gulidabonu Xolbozorova
Gulidabonu Xolbozorova
17 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Gulidabonu Xolbozorova Dilmurod qizi 2008-yil 1-iyunda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida yashaydi.

U Shahrisabz davlat universitetining Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil oladi. Gulidabonu 2026-yilda 149,7 ball bilan talabalikka tavsiya etilgan. Unda ona tili, matematika va tarix fanlaridan milliy sertifikatlar mavjud. Shuningdek, u maktab davrida faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Gulidabonu ota-onasidan ilhom olib, ilm yo‘lidan bormoqda. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hech qachon taslim bo‘lmaslik va doimo olg‘a qadam tashlash kerak. U yurtni yuksak cho‘qqilarga olib chiqadigan darajada kuchli, sabrli hamda insonlarni yaxshilikka yetaklaydigan fazilatlarga ega bo‘lish lozim, deb hisoblaydi.

U kelajakda yurtiga foydasi tegadigan yetuk kadr bo‘lishni, bakalavr bosqichini bitirib, magistraturaga topshirishni maqsad qilgan. Boshqalar undan kuchli bilim, sabr-toqat, sodiqlik va yurtiga bo‘lgan fidoiylikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

“Bilim — insonning eng buyuk boyligi. Uni egallagan inson kelajagini o‘z qo‘li bilan bunyod etadi.”

Hoziroq ariza qoldirish