Gulnoza Otayeva Ne'matjon Qizi

Gulnoza Otayeva Ne'matjon Qizi
Gulnoza Otayeva Ne'matjon Qizi
24 sentabr, 20262 daqiqalik o'qish

Gulnoza Otayeva Ne'matjon qizi 19.08.2009-yilda tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. Hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining bakalavriat bosqichida, “Xorijiy til va adabiyot”, ingliz tili yo‘nalishida tahsil olmoqda.

U faoliyatini maktab davridan ta’lim olish va o‘z ustida ishlash orqali boshlagan. Ingliz tilini chuqur o‘rganish, turli tanlov va loyihalarda ishtirok etish, yangi bilim hamda ko‘nikmalarni egallashga e’tibor qaratgan. Maktab davridan boshlab faol jamoatchilik va liderlik faoliyati bilan shug‘ullangan: 5–9-sinflar davomida sinf sardori bo‘lgan, maktab tadbirlarida faol ishtirok etgan va ayrim tadbirlarni o‘zi tashkil etgan. Shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yinlarida muntazam qatnashgan.

Gulnoza Xiva tumanida o‘tkazilgan “Balli qizlar” tanlovining tuman bosqichida 2-o‘rinni egallagan. U “Turon” teatr tanlovida jamoa sardori sifatida ishtirok etib, jamoasi bilan 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan. “Kamalak bilimdonlari” ko‘rik-tanlovida ham jamoa sardori sifatida qatnashib, jamoasi bilan 1-o‘rinni egallagan. U ingliz tilidan B2 va ona tilidan B+ darajadagi sertifikatlarga ega. 183,5 ball natija bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Xorijiy til va adabiyot” yo‘nalishiga talabalikka qabul qilingan.

Unga Ispaniya malikasi Leonor va Saida Mirziyoyevaning bilimga intilishi, shijoati, faoliyati hamda jamiyatdagi tashabbuskorligi motivatsiya beradi. Universitetga ilk bor qadam qo‘ygan kuni ham uning hayotidagi muhim voqealardan biri bo‘lgan: o‘sha kuni magistratura talabalari va professorlarning nutqlarini tinglab, katta taassurot olgan. Bu voqea unda bilimli, faol va jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lish istagini yanada kuchaytirgan.

Bo‘sh vaqtida ijtimoiy tarmoqlardan foydali ma’lumotlar izlaydi, grantlar, turli tashabbuslar, volontyorlik imkoniyatlari va yoshlar uchun tashkil etiladigan loyihalarni kuzatib boradi. Do‘stlari bilan vaqt o‘tkazish, musiqa tinglash, ba’zan she’r yozish, ichki kechinmalari va his-tuyg‘ularini she’r yoki hikoya orqali ifodalashni yoqtiradi. Raqsga tushishga qiziqadi va bu borada qobiliyatga ega; kelajakda imkoni bo‘lsa, qizlar uchun raqs to‘garagi tashkil etishni istaydi.

U kelajakda ko‘plab nufuzli forum va konferensiyalarda, jumladan xorijdagi nufuzli konferensiyalarda ishtirok etishni, bir nechta xorijiy tillarni o‘rganishni, professorlar bilan ilmiy faoliyat olib borishni hamda olgan bilimlarini yoshlarga ulashishni maqsad qilgan. Kelajakda orttirgan tajribasi orqali yurtimiz yoshlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi va ularga motivatsiya beruvchi, o‘zi havas qilgan insonlar qatoridan joy olishni istaydi.

Uning hayotiy shiori: “Imkoniyatni kutma, uni o‘zing yarat. Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intil.”

“Imkoniyatni kutmang, uni yarating va birinchi qadamni qo‘yishdan qo‘rqmang.

Orzularingiz katta bo‘lsa, ularga tomon tashlayotgan qadamingiz ham jasoratli bo‘lsin.”

Hoziroq ariza qoldirish