Gulnozaxon Abdulhamidova Abduhalim Qizi
Gulnozaxon Abdulhamidova Abduhalim Qizi 21.12.2007-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U O‘zbekiston tumanidagi 31-sonli maktabni tugatgan va hozirda Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi. U universitetning «Turizm va mehmondo‘stlik» yo‘nalishida tahsil oladi.
Gulnozaxon maktabning ilk yillaridan ingliz va rus tillarini o‘rganishga kirishgan. Hozirda yapon va ingliz tillarini mukammal darajada o‘rganishga harakat qilmoqda. U ingliz tilidan B2 sertifikatiga, ona tili va tarix fanlaridan «B» milliy sertifikatlariga ega. Maktabdagi olimpiadalarda faol qatnashib kelgan, universitetda turli loyihalarda ishtirok etadi hamda «Zakovat» intellektual musobaqalarida qatnashib kelmoqda.
Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan insonlar ota-onasidir. Gulnozaxonning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar tashabbuskorlik va mas’uliyatdir. U odamlarni ortidan ergashtirishdan ko‘ra, avval o‘zi harakat qilib, ularga yo‘l ko‘rsatishni afzal ko‘radi.
Bo‘sh vaqtida o‘zbek badiiy adabiyoti, jahon adabiyoti, siyosat, psixologiya va shaxsiy rivojlanishga oid kitoblarni o‘qiydi, rasmlar chizadi, dars qiladi va yangi narsalarni o‘rganadi. Ba’zan kichik sayohatlar va sarguzashtlar qilib turadi. U o‘zini tillar targ‘ibotchisi, har narsani sinab ko‘ruvchi, doimiy o‘rganuvchi, yangi taassurotlar izlovchisi va yangi g‘oyalar yaratuvchisi sifatida ta’riflaydi.
Gulnozaxon kelajakda tillar orqali O‘zbekistonni xorijiy davlatlar bilan bog‘lash, yurtimizni dunyoga tanitish va xalqaro aloqalarga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. U hali o‘zi orzu qilgan inson emas, ammo har kuni unga sekin-asta aylanib bormoqda.
