G'ulomova Bahoroy Shuhrat Qizi
Bahoroy G'ulomova Shuhrat qizi 2008-yil 21-mart kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida tug'ilgan. U hozirda Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi va 1-kurs talabasi.
U tarix, ona tili va ingliz tili fanlari bo'yicha sertifikatlarga ega. Shuningdek, bir qancha tanlovlar g'olibi hamda Zakovat ishtirokchisi. Bo'sh vaqtida kitob mutolaa qiladi.
Bahoroyning hayotiy shiori: «Bugungi harakatim — ertangi natijam». Uning fikricha, lider bo'lish uchun eng muhim fazilat — mas'uliyatli bo'lish. U boshqalarga taslim bo'lmaslik va o'ziga ishonishni o'rgata oladi, deb hisoblaydi.
U orzularini maqsadga, maqsadlarini natijaga aylantirishni istaydi. Kelajakda o'zi sevgan sohaning eng zo'r mutaxassisi bo'lish, magistraturada chet elda o'qish, ko'plab sayohatlar qilish, yurti va yaqinlarining faxri bo'lishni maqsad qilgan.
«Shunday maqsad qo‘yki, maqsadlaring orzu bo‘lib qolmasin. Buning uchun doimo oldinga intil.»
