Gulzor O'rinboyeva Dilmurod Qizi
Gulzor O‘rinboyeva Dilmurod qizi 2007-yil 2-yanvarda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Payariq tumanida yashaydi. Hozirda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2-bosqich talabasi hamda «Behbudiy avlodlari» o‘quv nashriyotida mas’ul kotib.
U faoliyatini 7-sinfda maktabdagi «Qizlarjon» klubi sardori, maktab sardori va «Zukko kitobxon» ko‘rik-tanlovida boshlovchi sifatida boshlagan. Tumandagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Imom Buxoriy hayoti va ijodi hamda uning dunyo tamaddunida tutgan o‘rni haqidagi insholar tanlovida 1-o‘rinni egallagan. Ilk she’ri tuman gazetasida chop etilganini bildirgan. Ilmiy maqolasini Turkiya hamkorligidagi xalqaro jurnalda chop ettirib, sertifikat, statuetka va ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. «35 000 tashabbus» loyihasida 2 ta tashabbusi tasdiqlangan.
Otasining «O‘qinglar, xalqqa naflaring tegsin», degan nasihati va otasining bu dunyoni erta tark etgani uning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Bu holat unga yanada kuchli bo‘lish va kurashishni o‘rgatgan. Bo‘sh vaqtida kitob o‘qiydi, she’rlar yozadi, floristika bilan shug‘ullanadi va diadema yasaydi. San’atga qiziqadi; bu jihati bilan yaqinlariga tadbirlarda foydasi tegadi. Universitetining «Talant shou» jamoasi faol a’zosi hamda «Ijod qilyapman» o‘zbek tili targ‘ibotchilari jamoasi a’zosi.
U kelajakda xalqqa naf keltiradigan, ayol-qizlar huquqlari uchun kurashadigan jurnalist va shoira bo‘lishni maqsad qilgan. Uning shiori: «Astoydil harakat qildingmi? Demak, peshonangdan oqqan har bir tomchi teringning rohati bor!»
