Habibova Laylo Davronjon Qizi
Laylo Habibova Davronjon qizi 2008-yil 28-fevralda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashaydi. U Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili fakulteti 1-bosqich talabasi. Tarjimonlik yo‘nalishida tahsil oladi, ingliz tilini o‘rganadi va B2 darajasiga ega.
U ingliz tilini 8-sinfdan o‘rganishni boshlagan. Ingliz tiliga ammasi sabab qiziqqan, ammasi ham ingliz tili sohasida tahsil olgan. Laylo shaxmat bo‘yicha tuman g‘olibi bo‘lgan.
Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish va yangi joylarga sayohat qilish bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — harakat qilish. Boshqalar undan talabchanlik va mas’uliyatlilikni o‘rganishlari mumkin.
Uning kelajakdagi maqsadi tarjimonlik sohasida eng yaxshi mutaxassis bo‘lish, magistratura hamda doktoranturada ham o‘qishdir. Uning hayotiy shiori: “Xato qilishdan qo‘rqmang, muvaffaqiyatsizlik — ilm olishning eng tezkor usuli”.
“Haqiqiy ilm faqat kitoblarni o‘qish emas, balki olingan bilimlarni kundalik hayotda to‘g‘ri qo‘llay olishdir.”
