Habibullayeva Zebinisso

Habibullayeva Zebinisso Hamidulla qizi
Habibullayeva Zebinisso Hamidulla qizi
17 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Habibullayeva Zebinisso Hamidulla qizi 06.11.2008-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Samarqand viloyatida yashaydi. Zebinisso SamDUda siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichining 2-kursida tahsil oladi.

U 9-sonli DIMIda tahsil olgan bo‘lib, o‘z orzulariga erishishida o‘sha yerdagi ustozlari sababchi bo‘lganini ta’kidlaydi. Uning ota-onasi uni har doim qo‘llab-quvvatlaydi va unga juda qattiq ishonadi.

Zebinisso ingliz tilidan CEFR B2 sertifikatiga ega, tarix fanidan Milliy sertifikatning C darajasini olgan hamda “Zakovat”da faol qatnashadi. U volontyorlik qiladi, kutubxonaga boradi, til o‘rganadi va ko‘p badiiy kitob o‘qishga qiziqadi. Shuningdek, u “Yosh kitobxon” tanlovi ishtirokchisidir.

Uning hayotiy shiori: “O‘zgarish istakdan boshlanadi, ammo uni haqiqatga aylantiradigan kuch — qat’iyat va harakatdir.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va qat’iyatidir. Zebinisso hozirgi kunda sodir bo‘layotgan voqealarga ahamiyat berish, siyosiy bilimlarni oshirish, ko‘proq til o‘rganish hamda bugun berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.

Uning asosiy maqsadi ota-onasi o‘zidek farzandi borligidan faxrlanishlarini ko‘rishdir. Kelgusida magistratura va sayohat uchun rivojlangan davlatlarga borishni, shuningdek, xalqqa foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishni rejalashtiradi.

“O‘zgarish istagi qalbda tug‘iladi, ammo uning ro‘yobi faqat harakat bilan mumkin.

Maqsad sari yo‘l uzoq bo‘lishi mumkin, biroq sobit qadam uni manzilga aylantiradi.”

Hoziroq ariza qoldirish