Hamroyeva Munisa Ulugbekovna

Hamroyeva Munisa Ulugbekovna
Hamroyeva Munisa Ulugbekovna
11 sentabr, 20263 daqiqalik o'qish

Hamroyeva Munisa Ulugbekovna 2005-yil 26-noyabrda Samarqand viloyati Toyloq tumanida tug‘ilgan. Hozirda Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashaydi. U tugallanmagan oliy ma’lumotga ega bo‘lib, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

U 2023-yil sentabr oyidan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida “Milliy kontent loyihalarini rivojlantirish” koordinatori sifatida faoliyat yuritadi. Bu yo‘nalishda 50 dan ortiq milliy videokontent va ijtimoiy rolik tayyorlagan. Mazkur materiallar yoshlar orasida vatanparvarlik, milliy g‘urur va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan.

Uning shaxsiy tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” loyihasi doirasida Abusaid Ko‘chimov, Nurullo Oston, Xurshid Nurullayev, Abdulla Oripov, Anvar Obidjon, Sharof Rashidov, Asqad Muxtor, O‘tkir Hoshimov va Ali Qushchi kabi atoqli ijodkorlar hamda allomalarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videomateriallar tayyorlanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilinmoqda.

Munisa Hamroyeva “2024 Global Youth Festival Model United Nations — Young Diplomats Summit”da ishtirok etib, 28.06.2024-yilda sertifikat olgan. Universitet Kasaba uyushmalari qo‘mitasi va Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan “Buyuk kelajagimiz bunyodkorlari” hamda “Yangi O‘zbekistonda shukronalik” mavzusidagi tadbir va loyihalardagi faol ishtiroki uchun 27.03.2024-yilda diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Yosh kitobxonlar forumi doirasida “Kitobxon talaba” shiori ostida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida 1-darajali diplom olgan (17.09.2023).

U O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-dekabrdagi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-585-sonli Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik harakatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarda ishtirok etgan. Mahallalar va viloyatda o‘tkazilgan loyihalardagi faolligi hamda jamoa bilan ishlashdagi fidoyiligi uchun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Volontyorlik markazi”ning eng faol volontyori sifatida 3 000 000 so‘m moddiy rag‘bat bilan taqdirlangan (01.12.2023).

2024-yilda Samarqand viloyatidagi “Yoshlar oyligi” doirasida SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida “Tengdosh tengdoshga ko‘makchi” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Kitobxon talaba” tanlovida faxrli II o‘rinni egallab, diplom bilan taqdirlangan. Samarqand viloyat hokimligining 2025-yil 16-iyundagi 07-01/374-sonli ijrosi yuzasidan “Yangi O‘zbekiston — yoshlar mamlakati!” shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasidagi “Munozara” tanlovida Samarqand davlat universiteti terma jamoasi tarkibida qatnashib, II o‘rinni egallagan va 23.09.2025-yilda II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2023-yilda Samarqand viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan “AYOL — MEHR, SADOQAT, TARAQQIYOT TIMSOLI” shiori ostida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida yurt ravnaqi yo‘lida iqtidori va iste’dodini namoyon etib, o‘rnak bo‘layotgani uchun tashakkurnoma olgan. Universitetdagi namunali xulqi, ma’naviy-ma’rifiy ishlardagi faolligi hamda Universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tadbir-loyihalaridagi faol ishtiroki uchun uning ota-onasiga tashakkurnoma yo‘llangan (23.12.2023).

U “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichida o‘z jamoasi bilan faxrli 1-o‘rinni egallab, diplom bilan taqdirlangan (Toshkent, 2024). Tanlovning respublika bosqichida ham o‘z jamoasi bilan faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egallagan. 2025-yil 21-iyun kuni Samarqand viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining “Faollar jamoasi” va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari uchun o‘tkazilgan o‘quv-seminarida faol qatnashib, sertifikat olgan. U “Tafakkur” jamoasi bilan “Munozara-debat” intellektual turnirining Samarqand viloyat hududiy bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagani uchun diplom bilan taqdirlangan. Shuningdek, Samarqand davlat universiteti “Tafakkur” jamoasi bilan “Munozara” respublika turnirida faol ishtirok etgan.

“Mushoira klubi”dagi faol a’zoligi, universitet tadbirlaridagi namunali ishtiroki va jamoat ishlaridagi faolligi uchun 1 035 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan. Uning ijod yo‘liga kirishida va “Orzular qanotida” nomli ilk kitobining nashr etilishida otasining motivatsiyasi hamda qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutgan.

Bo‘sh vaqtida qo‘shimcha darslarga boradi, mustaqil ravishda she’r va hikoyalar yozishni mashq qiladi. U yaqinda oila qurgan; yangi oilasi uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, yetarlicha sharoit yaratib bermoqda. Oilasining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi bilan O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Uning hayotiy shiori: “Doimo olg‘a intil, hech qachon o‘tmish bilan yashama.” U boshqalarga qat’iyatlilik, halollik va mas’uliyatlilikni o‘rgata oladi, deb hisoblaydi. Kelajakda o‘z sohasi bo‘yicha xalqaro mutaxassis bo‘lib, O‘zbekistonni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.

“Yangi O‘zbekistonning eng katta kuchi — bilimga intiladigan, yurt taqdiriga befarq bo‘lmagan va o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan bunyod etadigan yoshlaridir.”

Hoziroq ariza qoldirish