Hasanova Zarina
Hasanova Zarina Sodiqovna 12.01.2009-yilda tug‘ilgan. U Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yashaydi. U 1–9-sinflarda o‘rta maktabda, 10–11-sinflarda Shahrisabz davlat pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyda tahsil olgan. Hozirda u o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil oladi.
U faoliyatini bolalikdan boshlagan. 2024-yilda uning ilk bor “Dadajonim” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. U 2024–2025-yillarda Ispaniya va Ozarbayjon hamkorligidagi xalqaro konferensiyalarda qatnashib, medallar va sertifikatlar olgan. 2025-yilda Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan “Ta’lim fidoyilari” nomli konferensiyada qatnashgan, maqolalari chop etilgan hamda “Ta’lim fidoyisi” nomli ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Uning she’r va maqolalari bir qator to‘plamlarda chop etilgan. U fan olimpiadalari qatnashchisi, chet tili hamda bir qator fanlardan milliy sertifikat sohibasi. U 2 marta Bobur Bobomurod tomonidan taqdirlangan.
Zarina bo‘sh vaqtida she’rlar va maqolalar yozadi, chet tillarini o‘rganadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — intiluvchanlik. U boshqalar undan maqsadlar sari olg‘a intilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi. Uning kelajakdagi maqsadi — jamiyatga foyda keltiradigan yetuk shaxs bo‘lish.
U 2 marta televideniyaga tashrif buyurgan hamda akademik litseyda nomdor stipendiyalar sohibasi bo‘lgan.
