Hayitova Zarina Vahob qizi

Hayitova Zarina Vahob qizi
Hayitova Zarina Vahob qizi
13 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Zarina Hayitova Vahob qizi 2007-yil 20-dekabrda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Talliyulg‘un MFY, Dureza qishlog‘i, Istiqlol ko‘chasi, 17-uyda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi.

U Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan. Ta’lim darajasi tugallanmagan oliy bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish: koreys tili yo‘nalishida tahsil oladi. Kelajakda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, yurtimiz uchun kerakli kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan.

Zarina Mutolaa ilovasida sertifikat, milliy sertifikat va ingliz tili sertifikatiga ega. Unga Umidjon Eshmuhammedovning ta’limni targ‘ib qilishi hamda yoshlar kelajagi uchun qilayotgan harakatlari ta’sir ko‘rsatgan.

Uning hayotiy prinsipi: «Bilim — hech kim tortib ololmaydigan boylik! Inson yashar ekan, doimiy bilim o‘rganishi lozim». Bo‘sh vaqtida badiiy kitoblar o‘qiydi va til o‘rganadi. Yangi narsalarni o‘rganish, o‘z ustida ishlash va turli sohalarda tajriba orttirishga qiziqadi. Ayniqsa, xorijiy tillar, liderlik va shaxsiy rivojlanish mavzulariga qiziqadi.

Uning fikricha, lider yoshlarga yo‘l ko‘rsatishi, ularni yetaklashi, xato qilganida xatolarini to‘g‘rilashga yordam berishi, qiyin vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasligi va jamoaning muvaffaqiyatini o‘z muvaffaqiyatidek ko‘rishi kerak. U boshqalarga o‘ziga ishonch, mas’uliyat, intizom, doimo rivojlanishga intilish, maqsad sari harakat qilish hamda qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikni o‘rgatishni istaydi.

Hoziroq ariza qoldirish