Hazratova Sarvinoz Ziyodulla qizi

Hazratova Sarvinoz Ziyodulla qizi
Hazratova Sarvinoz Ziyodulla qizi
12 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Hazratova Sarvinoz Ziyodulla qizi 19.10.2005-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida yashaydi. Sarvinoz O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jurnalistika yo‘nalishida tahsil oladi hamda media sohasida ishlaydi. U faoliyatini universitetga kirganida matbuot kotibi sifatida boshlagan.

U sport sohasidagi tanlovlar g‘olibasi, tillarni bilish bo‘yicha sertifikatlarga ega va universitet tomonidan mukofotlangan. Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan inson — onasi. Sarvinoz bo‘sh vaqtida qo‘shimcha tillarni o‘rganish va biznes bilan shug‘ullanadi.

Uning hayotiy shiori: «Orzular duo va harakatga omonat». Sarvinozning fikricha, lider bo‘lish uchun adolatli va xolis inson bo‘lish muhim. U kelajakda katta biznes ledi va yetuk jurnalist bo‘lishni maqsad qilgan. Boshqalar undan sabrlilikni, intiluvchanlikni va o‘zini tutishni o‘rganishlari mumkin. U o‘zini «Hamma sohadan bir shingil» iborasi bilan ifodalaydi.

«Go‘zal niyat bilan qilingan duolar bir kun albatta go‘zal yakun topadi, do‘stlar :)»

Hoziroq ariza qoldirish