Hulkar Jurakulova Baxodir Qizi

Hulkar Jurakulova Baxodir Qizi
Hulkar Jurakulova Baxodir Qizi
28 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Hulkar Jurakulova Baxodir qizi 2008-yil 16-sentabrda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida tug‘ilgan. Hozirda ham Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida yashaydi.

Ta’lim darajasi — o‘rta maxsus. U 2024–2026-yillar davomida Qarshi Davlat Texnika universitetiga qarashli «Nuriston» akademik litseyida tahsil olgan. Shu yil Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi, Ona tili va adabiyoti fanini o‘qitish fakultetiga grant asosida talabalikka qabul qilingan. Hozirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba.

Unda 7-sinfdan boshlab turli fanlarga qiziqish uyg‘ongan. Avvaliga tarix va huquq fanlariga, keyinchalik esa ona tili va adabiyotga qiziqishi ortgan. Ona tiliga bo‘lgan qiziqishining uyg‘onishiga ona tili ustozi Beknazarova Dildora sabab bo‘lgan.

U 8-sinfda «Besh tashabbus» loyihasi asosida o‘tkazilgan ijodiy yo‘nalish, ya’ni she’riyat bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. Ona tili fanidan B+, ingliz tili fanidan B2, tarix fanidan esa C darajasiga ega. Litseydagi o‘qish faoliyati davomida loyihalarda faol bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtida turli maqolalarni, xususan, tanqidchilarning maqola va sharhlarini o‘qishga qiziqadi. U o‘zini qiziquvchan talaba deb hisoblaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — doimo axloq qoidalariga qat’iy rioya qilishdir. Uning shiori: «Ta’lim — dunyoqarashlarni o‘zgartiradi».

Kelajakda o‘z yo‘nalishidan boshqa yo‘nalishlarda ham o‘zini sinab ko‘rish va muvaffaqiyatga erishishni rejalashtiradi. U boshqalar undagi qaysi jihatni yaxshi fazilat deb bilsalar, o‘shani o‘rganishlarini xohlaydi.

«Oldingizga qo‘ygan maqsadingizga erishish uchun qo‘lingizdan kelgan barcha imkoniyatingizni ishga soling. Zero, tadbir bizdan, taqdir esa Allohdan.»

Hoziroq ariza qoldirish