Hurmatova Gulasal Mirsaxat qizi
Hurmatova Gulasal Mirsaxat qizi 2007-yil 19-iyunda Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Maorif ko‘chasi, 216-uyda tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Olmazor tumanida yashaydi. U 21-maktab hamda 2-sonli bolalar san’at va musiqa maktabi bitiruvchisi bo‘lib, musiqa maktabining pianino yo‘nalishini a’lo bahoga tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat yuridika universiteti Jinoiy odil sudlov fakultetining 2-bosqich talabasi.
Gulasalning ushbu universitetga qiziqishi yoshligidan boshlangan. Otasi ham shu sohada faoliyat yuritishi va unga havas qilishi yurisprudensiya yo‘nalishini tanlashiga turtki bo‘lgan. Uning bugungi darajaga yetishishida ota-onasining hissasi katta.
U 2024-yilda huquq fanidan o‘tkazilgan shahar olimpiadasida faxrli 1-o‘rinni, viloyat bosqichida esa 3-o‘rinni egallagan. 2025-yilda Toshkent davlat yuridika universiteti talabasi bo‘lgan. Shuningdek, ingliz tilidan CEFR sertifikati, rus tili va tarix fanlaridan sertifikatlarni qo‘lga kiritgan.
U yoshligidan turli sohalar bilan shug‘ullangan, raqs va sport gimnastikasi bilan yillar davomida mashg‘ul bo‘lgan. Bo‘sh vaqtida pishirishga qiziqadi va oilasi uchun shirin taomlar tayyorlashni yoqtiradi. Agar kimdir undan yordam so‘rab murojaat qilsa, u qo‘lidan kelganicha yordam berishi va o‘rgatishi mumkin.
Uning hayotiy prinsipi: “Orzular katta bo‘lishi mumkin, lekin ularga erishish kichik qadamlardan boshlanadi. Eng muhimi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni hech qachon yo‘qotmaslikdir.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — mas’uliyat; haqiqiy lider boshqalarga o‘rnak bo‘lishi va doimo to‘g‘ri qaror qabul qila olishi kerak.
Kelajakda, Xudo xohlasa, ota-onasi va yaqin insonlari bilan butun dunyo bo‘ylab sayohat qilishni, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha professional shaxs bo‘lib yetishishni hamda ota-onasi yaratib bergan barcha sharoitlarni 10 baravar qilib qaytarishni maqsad qilgan.
