Husanova Hulkar Dilmurod Qizi
Husanova Hulkar Dilmurod qizi 2007-yil 18-fevralda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashaydi. Maktabni tamomlagan Hulkar hozirda Toshkent davlat yuridik universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, yuridik sohada tahsil oladi.
U 2025-yilda universitetga tayyorlanishni boshlagan va 2026-yilda universitetga o‘qishga kirgan. Ingliz tilidan B2, ona tilidan esa A darajaga ega. Shuningdek, ekologik huquqlar bo‘yicha tanlovda respublika darajasigacha yetib borgan.
Hulkarning hayotiga oila a’zolarining ta’siri kuchli. U bo‘sh vaqtida badiiy adabiyot o‘qiydi. Uning fikricha, liderlik uchun qat’iyat, mas’uliyat va o‘z so‘zini o‘tkaza olish muhim fazilatlardir. U boshqalar undan qat’iyatli bo‘lishni, qattiqqo‘llikni va aytgan so‘zini bajarishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
Kelajakda u o‘zini eng yaxshi jamiyatda va undagi eng faol inson sifatida tasavvur qiladi hamda prokuratura sohasida faoliyat yuritishni rejalashtiradi. U hayotda ko‘p yiqilib, yana tura olgan, o‘zini tajribali deb biladigan hamda yoshlarga o‘rnak bo‘la oladigan inson sifatida ta’riflaydi.
Uning hayotiy shiori: «Atrofingdagilarga quloq solma. Maqsading uchun kuchli harakat qil va harakatingga yarashasini olasan».
