Ibragimova Sevinch Uygʻun qizi

Ibragimova Sevinch Uygʻun qizi
Ibragimova Sevinch Uygʻun qizi
5 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ibragimova Sevinch Uygʻun qizi 2005-yil 1-avgustda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashaydi. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi.

Sevinch faoliyatini 2024-yildan boshlagan. U fan olimpiadalarida o‘rinlar egallagan, 10 ga yaqin maqola yozgan hamda sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan. Uning hayotiga ota-onasining har qanday holatda ham farzandlarini o‘qitish uchun qilgan harakatlari katta ta’sir ko‘rsatgan.

Bo‘sh vaqtida kitob mutolaasi va sport bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, har bir insonda liderlik qobiliyati mavjud, faqat uni biroz sayqallash kerak; lider esa boshqalarga yordam berishi lozim. Sevinch boshqalarga kreativ fikrlashni, yangi maqsadlar qo‘yishdan qo‘rqmaslikni va doimo oldinga harakat qilishni o‘rgata oladi, deb hisoblaydi. U har qanday holatda ham taslim bo‘lmaydi va o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida doimo harakat qiladi.

Uning kelajakdagi rejalari O‘zbekiston uchun kerakli kadr bo‘lish hamda yoshlarga o‘z yo‘lini topishda va bilim olishda yordam berishdan iborat. Uning hayotiy shiori: «Maqsading baland bo‘lishidan qo‘rqma, chunki u seni bugungi imkoniyatlaringdan ham balandroq bo‘lishga undaydi».

Hoziroq ariza qoldirish