Ensiklopediya1 daqiqa

Ibragimova Zebiniso Muhiddin Qizi

Jurnalistika yo‘nalishi talabasi · Kitobxon · Raqs ixlosmandi · “Litsey faxri” sohibasi · Yosh kitobxon ishtirokchisi

Ibragimova Zebiniso Muhiddin qizi 2008-yil 17-noyabrda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. O‘rta ta’limni Urganch davlat pedagogika akademik litseyida olgan va mazkur litseyni qizil diplom bilan bitirib, “Litsey faxri” unvoni bilan taqdirlangan.

U jurnalistika sohasida tahsil olmoqda. Faoliyatini 2 yil oldin litseyda boshlagan. Ona tili fanidan C+ darajadagi milliy sertifikatga ega. Shuningdek, tumandagi “Zulfiya xonim” tanlovida 1-o‘rinni egallagan.

Zebinisoga ota-onasining “O‘qi, qizim” degan so‘zi motivatsiya beradi. Uni o‘zbek yozuvchisi Javlon Jovliyev hamda chet el yozuvchisi Remark ilhomlantiradi. Bo‘sh vaqtida raqsga tushadi va romanlar o‘qiydi. U shu kungacha 500+ ta kitob o‘qigan.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun odamlarni eshita bilish va to‘g‘ri qaror qabul qila bilish muhim. U boshqalar undan liderlik va ochiqko‘ngillilikni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.

Kelajakda mashhur, xalqqa foydasi tegadigan jurnalist bo‘lishni hamda “Yosh kitobxon” loyihasida 1-o‘rinni olishni maqsad qilgan.

“Har kuni va har soniyada o‘qing! Negaki, o‘qimagan inson jaholat bilan yuzlashadi, o‘qigan inson esa kelajagini o‘zi bunyod qiladi!”

Maqola yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing.

Muallif

Ibragimova Zebiniso Muhiddin Qizi

Jurnalistika yo‘nalishi talabasi · Kitobxon · Raqs ixlosmandi · “Litsey faxri” sohibasi · Yosh kitobxon ishtirokchisi

Hoziroq ariza qoldirish