Ibrogimova Mashhura Ismoilovna

Ibrogimova Mashhura Ismoilovna
Ibrogimova Mashhura Ismoilovna
27 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ibrogimova Mashhura Ismoilovna 15.07.2008-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. U Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashaydi. Hozirda Toshkent davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi bo‘lib, ingliz tili filologiyasida tahsil oladi. Undan avval Prezident ta’lim muassasalari agentligidagi ixtisoslashgan maktab-internatini bitirgan.

U 1 yil avval Shohida Yusupova sababli maqola yozishga qiziqib, faoliyatini shu yerdan boshlagan. Uning “Buyuk ipak yo‘lidan raqamli kelajakka qadar” nomli maqolasi Xitoyda taqdim qilingan “O‘zbekistonning tuganmas chiroyi” nomli gazetasida chop etilgan.

Uning hayotiga yaqinlarining zarbasi va “yaqinlari”ning qo‘llab-quvvatlashi ta’sir qilgan. Hayotiy prinsipi: “Hayot kechikkanni kechirmaydi, hech qachon bugungi ishni ertaga qoldirma”. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun tirishqoqlik, mas’uliyat va teran fikrlash muhim.

Bo‘sh vaqtida she’rlarni namunali o‘qiydi, qo‘shiq kuylaydi, kiyimlar dizaynini chizadi va andoza maketlar yaratadi. Shuningdek, blog yuritishga qiziqadi. U ayol va qizlarning rivojlanishiga yordam beradigan, barcha kasb-hunarlar bir joyga jamlangan shaxsiy akademiyasini ochishni rejalashtiradi. U boshqalar undan havaskorlikni o‘rganishlari mumkin deb hisoblaydi hamda o‘zini juda ham shoshqaloq deb ta’riflaydi.

“Har bir yoshning ichida katta imkoniyat bor, faqat unga ishonish va harakat qilish kerak. Bugun qilgan kichik qadamingiz ertangi katta yutug‘ingizning boshlanishi bo‘lishi mumkin!”

Hoziroq ariza qoldirish