Ikromjanova Umigulsin Akmaljon Qizi

Ikromjanova Umigulsin Akmaljon Qizi
Ikromjanova Umigulsin Akmaljon Qizi
21 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ikromjanova Umigulsin Akmaljon qizi 2008-yil 6-mayda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrida yashaydi. U O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining siyosatshunoslik yo‘nalishi talabasi bo‘lib, siyosatshunoslik yo‘nalishida tahsil olmoqda.

U faoliyatini 2 yildan beri davom ettirib keladi hamda milliy sertifikatlarga ega. Uning har doim harakatdan to‘xtamasdan olg‘a yurishiga otasi va onasi sababchi bo‘lgan. Hayotiy shiori: “Qizlar o‘qisa, kelajak o‘zgaradi.”

Bo‘sh vaqtida yangi tillarni o‘rganish va kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Kitoblarni audio formatga keltirishni yoqtiradi va she’riyat shaydosi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun tinglash, fikrlash, o‘z o‘rnida gapirish va, albatta, mahoratli boshqaruv muhim.

U kuchli, xalqaro darajadagi siyosatshunos bo‘lishni, uning faoliyatidan foyda topishlarini hamda qizlarning har doim o‘qitilishi uchun o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan. Boshqalar undan o‘z orzu-niyatlari va maqsadlari yo‘lida hech bir muammoga qaramasdan, harakatdan to‘xtamaslikni o‘rganishlari mumkin.

“Har bir yosh bilim olish va rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Qizlarimiz o‘qisin, o‘ziga ishonsin va kelajagini o‘zi bunyod qilsin.”

Hoziroq ariza qoldirish