Ikromova Nilufar Olmos qizi

Ikromova Nilufar Olmos qizi
Ikromova Nilufar Olmos qizi
10 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ikromova Nilufar Olmos qizi 14.11.2008-yilda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent viloyati, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashaydi. U 1–9-sinflarda 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, 10–11-sinflarda Shahrisabz DPI huzuridagi akademik litseyda tahsil olgan. Hozirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil oladi.

Nilufar tarix fanidan B, ingliz tilidan B2 va ona tilidan B darajalariga ega. U yengil atletika bo‘yicha viloyatda 2-o‘rinni egallagan. Shuningdek, 2024–2025 va 2025–2026-o‘quv yillarida tarix fanidan viloyat fan olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan. U maktabni qizil shahodatnoma bilan, akademik litseyni esa qizil diplom va oltin medal bilan tamomlagan.

Uning hayotiga ota-onasi va ularning unga bo‘lgan ishonchi katta ta’sir ko‘rsatgan. Hayotiy shiori: “Harakat qil, sabr qil va niyatingdan voz kechma — bugungi kichik qadam ertangi katta natijaning boshlanishidir”. Bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanadi, kitob o‘qiydi, til o‘rganadi va sayohat qilishni yaxshi ko‘radi.

Uning fikricha, lider bo‘lish uchun mas’uliyat, qat’iyat, tashabbuskorlik va muloqot qobiliyati muhim. Kelajakda elchi bo‘lib, Vataniga xizmat qilish hamda bolaligida qilgan barcha orzularini amalga oshirishni maqsad qilgan. U boshqalarga maqsad sari intilish, qiyinchiliklarga yengilmaslik, shuningdek, xalqaro munosabatlar yo‘nalishiga mos ko‘nikma va bilimlarni o‘rganishda o‘rnak bo‘lishni istaydi.

“Orzularing seni kutmaydi, ularga tomon o‘zing yurishing kerak.”

Hoziroq ariza qoldirish