Ilxomova Shaxrizoda Shuxrat qizi
Ilxomova Shaxrizoda Shuxrat qizi 2007-yil 12-iyunda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. U Samarqand viloyati Payariq tumani, Payariq shahrida yashaydi. Hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik yo‘nalishida tahsil oladi.
Uning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi 4-sinfdan boshlangan. 9-sinfda ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirib, bilimlarini yanada chuqurlashtirgan. O‘z ustida muntazam ishlab, ingliz tilidan CEFR bo‘yicha C1 darajasidagi sertifikatga, ona tilidan A darajali sertifikatga hamda tarix fanidan C darajali milliy sertifikatga ega bo‘lgan. Institut miqyosida o‘tkazilgan Zakovat intellektual o‘yinlarida jamoaviy qator yutuqlarga erishgan, turli viktorinalar va volontyorlik loyihalarida qatnashgan hamda Zakovat intellektual klubi a’zosi hisoblanadi.
Shaxrizoda rasm chizish, kitob o‘qish, musiqa tinglash, yangi narsalar va yangi tillarni o‘rganishga qiziqadi. U o‘zbek, ingliz va rus tillarida erkin fikr almashishi hamda muloqot qilishi mumkinligini bildiradi. Zakovat va intellektual o‘yinlar uning mantiqiy fikrlashi hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi, deb hisoblaydi.
Uning hayotidagi eng katta ilhom manbai ota-onasining farzandlari kelajagi, ta’limi va farovonligi uchun ko‘rsatayotgan mehnati va fidoyiligidir. U kelajakda chet elda magistratura bosqichida ta’lim olishni, o‘qituvchilik va tarjimonlik faoliyatida tajriba orttirishni rejalashtiradi. Uning hayotiy prinsipi: “Har bir qiyinchilik — kuchliroq bo‘lish uchun berilgan imkoniyat. O‘zimga ishonaman, taslim bo‘lmayman va har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilaman.”
