Inombekova Asila Ikromjon Qizi

Inombekova Asila Ikromjon Qizi
Inombekova Asila Ikromjon Qizi
28 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Inombekova Asila Ikromjon qizi Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashaydi. U Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr bosqichi 4-bosqich talabasi bo‘lib, yurisprudensiya sohasida tahsil oladi.

U faoliyatini maktab paytlaridanoq Yoshlar ittifoqi sardori sifatida boshlagan. Asila Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, “Namunaviy sud protsessi” tanlovining respublika bosqichida “fuqarolik sud ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha 2-o‘rinni egallagan, “ma’muriy sud ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni olgan. Shuningdek, “Eng iqtidorli o‘quvchi” respublika tanlovining respublika bosqichida 3-o‘rinni egallagan hamda hududning eng yaxshi “notig‘i” nominatsiyasiga ega bo‘lgan.

Uning hayotiy prinsipi: ilm olish va uni to‘g‘ri qo‘llay olish orqali dunyoni o‘zgartirish mumkin. O‘tmish xatolaridan saboq chiqarib, oldinga qadam bosish kerak. Uning kelajakdagi maqsadi — yurisprudensiya sohasida yetuk mutaxassis bo‘lish. Uning fikricha, boshqalar qiz bola bo‘lishlariga qaramasdan barcha to‘siqlarni yengish va natijalarga erishishni, sabr-toqat hamda harakatchanlikni o‘rganishlari mumkin. U mayda detallarga juda katta ahamiyat beradi.

Hoziroq ariza qoldirish