Isametdinov Shamshod Jamshidovich

Isametdinov Shamshod Jamshidovich
Isametdinov Shamshod Jamshidovich
2 oktabr, 20261 daqiqalik o'qish

Isametdinov Shamshod Jamshidovich 14.09.2006-yilda tug‘ilgan va Toshkent shahrida yashaydi. U Toshkent davlat yuridik universitetida yurisprudensiya sohasida tahsil oladi. Faoliyatini 2025-yildan boshlagan. Hozirda 50% davlat grantida o‘qiydi, Adliya vazirligida amaliyotchi hamda yuridik universitetning 1-kurs talabalari uchun mentor hisoblanadi.

U yoshligida karate sport turi bo‘yicha 2 karra respublika chempioni bo‘lgan. Shuningdek, yuridik universitetda ko‘plab huquqiy tanlovlarda g‘olib bo‘lgan.

Bo‘sh vaqtida yuridik terminlardagi kitoblarni o‘qiydi, rus tilini o‘rganadi va vaqtining katta qismini kutubxonada o‘tkazib, yanada o‘sishga harakat qiladi. Uning fikricha, lider insonda soft skill va hard skill ko‘nikmalari, shuningdek, yuqori fikrlash qobiliyati bo‘lishi kerak. U boshqalarga bilim, intizom va sabr kabi muhim fazilatlarni ulasha oladi.

Kelajakda u o‘qish davomida xorijiy davlatlarga almashinuv dasturi orqali borishni, keyinchalik magistraturada tahsil olishni rejalashtirgan. U o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibida, xususan, prokuraturada ko‘radi. Uning hayotiy shiori: «Maqsading yo‘lida hech narsa va hech kimni ayama!»

«O‘zingizga bo‘lgan ishonchni bilim bilan mustahkamlab, har bir imkoniyatdan unumli foydalaning.»

Hoziroq ariza qoldirish