Islomova Mohlaroyim
Islomova Mohlaroyim Murodillo qizi 2008-yil 30-may kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. U Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Do‘stlik mahallasida yashaydi. Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bitiruvchisi.
Hozirda u Toshkent davlat jahon tillari universitetining 1-kurs talabasi bo‘lib, Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini 9 yoshidan qo‘shimcha darslarga qatnashish orqali boshlagan. Ingliz tili bo‘yicha B2, ona tili bo‘yicha B daraja hamda tarix bo‘yicha B darajaga ega.
Mohlaroyimga ota-onasining doim “Sen bilanmiz”, degan so‘zlari motivatsiya bo‘lgan. Uning hayotiy shiori: “Hech qachon to‘xtab qolmang. Tarix zarvaraqlarida faqatgina zo‘rlarga joy bor.” Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, musiqa tinglash va til o‘rganish bilan shug‘ullanadi. U lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat qat’iyatli bo‘lish, deb hisoblaydi.
U kelajakda 8 ta tilda bemalol gaplashish, dunyo kezish, chet elda o‘qish va haqiqiy lider bo‘lishni maqsad qilgan. Uning fikricha, boshqalar undan sabr va qanoatni o‘rganishlari mumkin: “Alloh har bandaning peshonasiga yozgan nasiba bor. Undan ko‘p ham, kam ham bermaydi. Hammasi sabr va duo bilan.” U qiziquvchan, kitobxon va erkatoy farzand.
Hayotda hech qachon to‘xtab qolmang. Harakat qilgan inson, albatta, katta natijalarga erishadi.
