Ismoilova Mahliyo Hamza Qizi

Ismoilova Mahliyo Hamza Qizi
Ismoilova Mahliyo Hamza Qizi
22 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ismoilova Mahliyo Hamza qizi 25.01.2008-yilda Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashaydi. U 12-maktabda tahsil olgan.

Mahliyo Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishining 1-kurs talabasi bo‘lib, 2026-yil 7-sentabrdan o‘qishni boshlagan. U ona tili fanidan milliy sertifikatning A darajasiga, matematika fanidan C+ darajasiga hamda ingliz tilidan B1 darajasiga ega.

Uning hayotiga oilasi katta ta’sir ko‘rsatgan. Mahliyoning hayotiy shiori: «Bugungi kichik qadaming ertangi katta g‘alabangning boshlanishi». Bo‘sh vaqtida kitob o‘qish, kino ko‘rish, raqs va ingliz tili bilan shug‘ullanadi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar tirishqoqlik va talabchanlikdir.

U kelajakdagi rejalari va orzu-maqsadlarini sir saqlaydi. Mahliyo boshqalar uning kirishimliligi, tirishqoqligi va raqsidan o‘rganishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Shuningdek, u «har sohadan bir shingil» deganlaridek, turli sohalarga qobiliyatga ega ekanini bildirgan.

Hoziroq ariza qoldirish