Ismoilova Orastabonu Navro'z Qizi
Orastabonu Ismoilova Navro'z qizi 2007-yil 10-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug'ilgan. U Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini ko'rsatgan. Uning yo'nalishlari she'riyat va jurnalistikadir.
Uning ilk she'ri 2018-yilda viloyat gazetasida chop etilgan. 2023-yilda bolalar uchun mo'ljallangan «Mening oilam» to'plamida uning 15 ga yaqin she'ri o'rin olgan. Shu yili «Muvaffaqiyat darvozasida» xalqaro ijodiy almanaxining 2-kitobida maqolasi chop etilgan hamda u «Eng faol ijodkor — 2023» ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. 2024-yilda Shokhida Yusupova tomonidan Turkiyada nashr etilgan «Özbekıstan'in lider kadinlari» kitobida uning ijodiy ishlari o'rin olgan va u xalqaro sertifikat bilan taqdirlangan.
Orastabonu Ismoilovaning ijodiy ishlari «Tong yulduzi» gazetasida bir necha bor chop etilgan. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil qilingan «Tuyg‘ular tongi» ijodiy to'plamida ham uning ijodiy ishlari o'rin olgan. U viloyat miqyosidagi «Fayzli kun» musiqiy dasturida ishtirok etgan, televideniyalarda o'tkazilgan she'riyat kechalarida nutq so'zlagan. Uning ijodiy ishlari Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkiya va Amerikada chop etilgan.
Uning fikricha, lider bo'lish uchun adolatlilik, halollik, ishonch va kreativlik muhimdir. Kelajakda mualliflik kitoblarini chiqarish va «Zulfiya» mukofoti sohibasi bo'lishni maqsad qilgan. U kitob o'qish va rasm chizishga qiziqadi, o'zini kreativ deb biladi hamda shoiradir.
