Ismoilova Rayxon Qodirjon Qizi
Ismoilova Rayxon Qodirjon qizi 2008-yil 1-oktyabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U hozirda Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumanida yashaydi. Rayxon o‘rta ta’lim maktabini bitirgan va xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olmoqda. U 11-sinfdan tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan.
U tarix fanidan C daraja, ona tilidan C+ daraja va ingliz tilidan B1 darajaga ega. Shuningdek, SMM kursini tamomlagan hamda 5 oy davomida ishlab tajriba orttirgan. Rayxon o‘qishga grant asosida qabul qilingan.
Uning hayotiga katta ta’sir qilgan voqea — otasining vafot etgani. Bo‘sh vaqtlarida video montaj qilish va rasm chizish bilan shug‘ullanadi, voleybolni ham yaxshi o‘ynaydi. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — hammani eshita olish. Rayxon kelajakda BMT tashkilotida ishlashni rejalashtiradi. U boshqalar eshitish, o‘rganish va xatolarni tahlil qilishni o‘rganishlari mumkin, deb hisoblaydi.
