Ismoilova Shirinoy Akobirxon Qizi

Ismoilova Shirinoy Akobirxon Qizi
Ismoilova Shirinoy Akobirxon Qizi
14 sentabr, 20261 daqiqalik o'qish

Ismoilova Shirinoy Akobirxon qizi Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Sartepo maskanida yashaydi. U hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oladi, she’r yozadi va 4 ta tilda erkin muloqot qiladi. Bo‘sh vaqtida chet tillarini o‘rganadi.

Shirinoy Jadidlar Xalqaro assotsiatsiyasining “Yil talabasi” sovriniga sazovor bo‘lgan. Uning hayotiga ta’sir qilgan voqea — otasining vafoti. U buni hayotiy tajribasining muhim qismi sifatida qayd etadi.

Uning hayotiy shiori: “Toki yashar ekansan, hali taslim bo‘lishga haqli emassan.” Shirinoyning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilatlar o‘z ustida ishlash va yangi imkoniyatlar sari harakat qilishdir. U boshqalarga ham hayotdagi har bir voqeani haddan tashqari ahamiyatli deb qabul qilmasdan, o‘z ustida ishlab, yangi bilimlarni puxta egallashni tavsiya etadi.

Kelajakda u kuchli tarjimon bo‘lishni, onasini Haj safariga yuborishni hamda oilasi va jamiyat uchun kerakli shaxs bo‘lishni maqsad qilgan.

“Qalb to‘ridan to‘kilgan samimiy so‘zlar va teran fikrlar hayot sahifalarini so‘nmas nur bilan bezaydi. Adabiyot hamda bilimga yo‘g‘rilgan buyuk orzular insonni har doim yuksak cho‘qqilar sari yetaklaydi.”

Hoziroq ariza qoldirish