Isomitdinov Maxkamboy
Isomitdinov Maxkamboy Alisher o‘g‘li 01.08.2008-yilda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan. U Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashaydi. Qo‘qon Universitetining Andijon filialida iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil oladi. U faoliyatini bu yildan boshlagan. Uning fikricha, lider bo‘lish uchun hamma bilan yaxshi chiqishish va muomalani yaxshi qilish kerak. Maxkamboy Isomitdinov o‘z yo‘nalishi bo‘yicha professor bo‘lishni orzu qiladi. Uning fikricha, boshqalar undan muomala madaniyatini o‘rganishlari mumkin.
“Hozirgi yoshlarga maslahatim: o‘qishlari kerak, hozir imkoniyatlar katta, foydalanish kerak.”
