Izadulaeva Nargiza
Izadulaeva Nargiza Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashaydi. U avval Pastdarg‘om tumanidagi 51-maktabda tahsil olgan, hozirda esa Oxford International Schoolda o‘qiydi. U ingliz tili va matematika fanlari bo‘yicha o‘qiydi.
Nargiza faoliyatini 7-sinfdan boshlagan. U ko‘plab musobaqalarda qatnashgan bo‘lib, ulardan biri xalqaro tarix olimpiadasidir. Uning eng sara yutuqlari tarix, matematika, ingliz tili va adabiyot fanlari bilan bog‘liq. U hozirda bu yutuqlarini yanada ko‘paytirishga harakat qilmoqda hamda MUNda qatnashmoqchi.
U hayotidagi eng muhim shaxs sifatida onasi — Achilova Mashhurani tilga oladi. Onasi uni har doim qo‘llab-quvvatlaydi. Onasining “Senga ishonaman” degan so‘zlari unga kuch bag‘ishlab, o‘z ustida yanada qattiqroq ishlashga undaydi. Onasining borligi va unga bo‘lgan ishonchi Nargiza uchun eng katta motivatsiyadir.
Uning hayotiy prinsipi: “Har kuni kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilish — mening hayotiy prinsipim. Men xatolarni muvaffaqiyatsizlik emas, o‘rganish va rivojlanish imkoniyati deb bilaman.” Uning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — o‘ziga ishonch va unga ishonganlarni afsuslantirmaslikdir. Shuningdek, lider o‘z qo‘lidan nimalar kelishini ko‘rsata olishi kerak.
Nargizaning kelajakdagi eng katta orzularidan biri — Avstraliyaning top universitetlariga grant asosida kirish.
